08:25 / 25.10.2018
6 615

O‘zbekiston prezidenti bayram arafasida IIV xodimlarini mukofotladi

O‘zbekiston prezidenti bayram arafasida IIV xodimlarini mukofotladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 oktyabr kuni ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash haqidagi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, 25 oktyabr Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan quyidagilar mukofotlandi:

"Mehnat shuhrati" ordeni bilan

Tursunov Baxtiyor Ziyayevich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali yetakchi jarrohi

"Do‘stlik" ordeni bilan

Mazurova Yelena Yurevna – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi

Muhammedov O‘tkirbek Hazratqulovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

"Mardlik" ordeni bilan

Arzumanov Armen Arkadevich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi maxsus otryadi bosh mutaxassisi

Yusupjonov Murodjon Yusupjonovich – Namangan viloyati Namangan shahar harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi katta yong‘in o‘chiruvchisi

"Jasorat" medali bilan

Atamov Begimjon Isonboyevich (marhum) – Toshkent shahar Yunusobod tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi qo‘riqlash bo‘limi safdor xodimi

G‘aniyev Akmaljon Rahmatillayevich – Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor vakili

Muhiddinov Dilmurod Sagdullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Otambetov Mahmut Begdullayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi bo‘linma komandiri

Rasulov Ilhomjon Abdusamatovich – Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni otryad komandiri

Rustamov Umarqul Mirzabekovich – Toshkent shahar Mirobod tumani harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi komandiri

Safarov Aliqul Xushboqovich (marhum) – Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori

Eshmuradov Ilhom Lapasovich – Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili

"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan

Grishko Aleksey Alekseyevich – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kinologiya xizmati boshlig‘i

Kahhorov Ilhomjon Ibragimovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari harbiy qismi guruh komandiri

Sultonov Bahriddin Murodovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Tashmatov Ulug‘bek Xolmatovich – Toshkent viloyati Chirchiq shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i

Xolmirzayev A’zamjon Axatovich – Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori

Xo‘janiyozov Rashid Shomurodovich – Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi bo‘linma komandiri

Choriyev Rustam Allamurotovich – Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni otryad komandiri

"Shuhrat" medali bilan

Ismoilov Ruslanbek Haydarbayevich – Xorazm viloyati Urganch shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

Mamasodiqov Shukurullo Rasuljonovich – Andijon viloyati Andijon shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori

Nishanboyev Bahrom Nabiyevich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Islom Karimov nomidagi aeroportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi jinoyat qidiruv bo‘linmasi boshlig‘i

Soyibov O‘ktamjon Yoriyevich – Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

Sotvoldiyev Ilyosjon Hamidjonovich – Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi qo‘riqlash boshqarmasi otryad komandiri

Usmonov Abdisodiq Abdirayimovich – Navoiy viloyati Xatirchi tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston prezidenti bayram arafasida IIV xodimlarini mukofotladi