14:44 / 25.10.2018
2 977

Usmonxon Alimov jahonning eng nufuzli 500 musulmoni ro‘yxatidan o‘rin oldi

Usmonxon Alimov jahonning eng nufuzli 500 musulmoni ro‘yxatidan o‘rin oldi
O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov jahonning eng nufuzli 500 musulmoni — The Muslim 500 ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.

Iordaniya poytaxti Ammandagi Podshohlik strategik tadqiqotlar islom markazi Jorjtaundagi Musulmon-nasroniy anglashuv markazi ko‘magida eng nufuzli 500 musulmonning navbatdagi ro‘yxatini tayyorladi. Ro‘yxat 2009 yildan beri har yili muntazam e’lon qilib boriladi.

Bu yilgi ro‘yxat boshida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on turibdi — o‘tgan yili Turkiya yetakchisi beshinchi bo‘lgandi. Undan keyin Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz, uchinchi o‘rinda esa Iordaniya podshohi Abdulla Ikkinchi ibn al-Husayn joy olgan.

Mashhurlardan Turkiya sobiq prezidenti Abdulloh Gul, Turkiya sobiq tashqi ishlar vaziri Ahmed Davuto‘g‘li, Checheniston rahbari Ramzon Qodirov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanlugi Berdimuhamedov ham ro‘yxatga kiritilgan.

Bu yilgi ro‘yxatdan ilk bor aralash jang san’ati bo‘yicha jahon chempioni, rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov ham o‘rin oldi. Boshqa sportchilardan «Arsenal» futbol klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil, «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh, yengil atletikachi, to‘rt karra Olimpiada chempioni Mo Farani ko‘rsatish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Usmonxon Alimov jahonning eng nufuzli 500 musulmoni ro‘yxatidan o‘rin oldi