21:53 / 25.10.2018
3 566

O‘zbekistondagi sud mashhur qo‘shiqchi Arashni 25 ming dollarlik jarimaga tortdi

O‘zbekistondagi sud mashhur qo‘shiqchi Arashni 25 ming dollarlik jarimaga tortdi
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida «NIGORA MEDIA GROUP» MChJ va «Extensive Muzik Sweden AB» (Shvetsiya) o‘rtasidagi bahs ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda Kun.uz'ga Oliy sud rasmiy vakili Aziz Abidov.

Sud qarori bilan «NIGORA MEDIA GROUP» MChJning da’vo arizasi to‘la qondirildi va «Extensive Muzik Sweden AV»dan «NIGORA MEDIA GROUP» MChJ foydasiga 24 797 AQSh dollari miqdoridagi zararni qoplash to‘g‘risida qaror chiqarildi.

Ish materiallariga ko‘ra, «NIGORA MEDIA GROUP» MChJ va «Extensive Muzik Sweden AB» (Shvetsiya) o‘rtasida 2017 yilning 14 avgustida 40 ming dollarga konsert shartnomasi tuzilgan. Uning talablariga muvofiq, Toshkentda xonanda Arash va uning ijodiy jamoasi konsert berishi kerak bo‘lgan.

«NIGORA MEDIA GROUP» MChJ tomonidan shartnoma shartlarini bajarish doirasida «Kapital Bank» ATB orqali «Extensive Muzik Sweden AB» hisobiga 18 350 dollar miqdorida boshlang‘ich to‘lov o‘tkazilgan, shuningdek, konsert guruhi ishtirokchilari uchun 51 833 808 so‘m (xarid qilish sanasida O‘zbekiston MB kursi bo‘yicha 6 447 dollar)ga aviachiptalar sotib olingan.

«NIGORA MEDIA GROUP» MChJ tomonidan konsertni «Istiqlol» saroyida o‘tkazish uchun barcha tegishli choralar ko‘rilgan, bundan 2017 yilning 9 avgustida «NIGORA MEDIA GROUP» MChJ va «Istiqlol» saroyi o‘rtasida imzolangan shartnoma, hisob-fakturalar, u bo‘yicha bajarilgan ishlar akti, 2017 yil 11 sentyabr kuni «NIGORA MEDIA GROUP» MChJ va «MASTER MEDIA PRODUCTION AND BROADCAST» MChJ o‘rtasida konsert tele-mahsulotini taqdim etish uchun shartnoma, 2017 yilning 23 sentyabr kuni «NIGORA MEDIA GROUP» MChJ va «ALIMOV A. G.» XK o‘rtasida reklama mahsulotini tayyorlash uchun imzolangan shartnomalar darak bermoqda.

«Extensive Muzik Sweden AB» tomonidan o‘ziga olingan majburiyatlar bajarilmagani munosabati bilan rejalashtirilgan konsert o‘tkazilmadi, buning oqibatida, «NIGORA MEDIA GROUP» MChJ 24 797 dollar miqdorida zarar ko‘rdi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi sud mashhur qo‘shiqchi Arashni 25 ming dollarlik jarimaga tortdi