22:17 / 25.10.2018
3 528

Yana o‘sha yuridik va «Borovskiy» kolleji. O‘quvchilar tomonidan bir fuqaro pichoqlandi (video)

Yana o‘sha yuridik va «Borovskiy» kolleji. O‘quvchilar tomonidan bir fuqaro pichoqlandi (video)
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi kollej o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan jinoyatni o‘zlari tahsil olgan ta’lim muassasasida o‘tkazilgan sayyor sudda muhokama qildilar.

Jinoyat Toshkent yuridik kolleji va «Borovskiy» tibbiyot kollejlari talabalari tomonidan Toshkent shahridagi Ekobog‘da joriy yilning 30 iyul kuni kechki 21:10 larda sodir etilgan.

O‘ziga turtilib ketgan shaxs bilan o‘rtada kelib chiqqan janjal pichoqlashish bilan yakunlangan.

Jabrlanuvchining uch joyiga yetkazilgan jarohat og‘ir tibbiy jarrohlik natijasida bartaraf etilgan.

Jinoyatchilarga Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.

Mazkur voqea tafsilotlari aks etgan videolavhani ushbu HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana o‘sha yuridik va «Borovskiy» kolleji. O‘quvchilar tomonidan bir fuqaro pichoqlandi (video)