04:40 / 26.10.2018
3 236

O‘zbekistonda vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi svetoforlar o‘rnatiladi

O‘zbekistonda vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi svetoforlar o‘rnatiladi
Vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi svetoforlar o‘rnatish bo‘yicha jamoaviy murojaatni hal etish haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev Facebook’dagi o‘z sahifasida xabar bergan.

Qonunchilik palatasidagi bugungi yalpi majlisda “Mening fikrim” veb-portali orqali kelib tushgan “Tumanlar va shaharlar ko‘chalarida vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi svetoforlar o‘rnatish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida”gi elektron jamoaviy murojaatni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilgan.

Ma’lum qilinishicha, 10 000dan ziyod ovoz to‘plagan ushbu jamoaviy murojaatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘rnatilgan amaldagi transport va piyodalar svetoforlarini vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi indikatorlar bilan jihozlangan transport va piyodalar svetoforlariga bosqichma-bosqich almashtirish haqidagi taklif bayon etilgan.

Ma’lumotda yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini qo‘llashga va svetoforlarga oid amaldagi davlat standartlari 1986 va 1991 yillarda qabul qilingan bo‘lib, bugungi kunda yo‘l harakatini tartibga solinishini to‘liq ta’minlay olmayotganligi bildirildi.

Shundan kelib chiqib, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda serqatnov chorrahalardagi transport va piyodalar svetoforlarini vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi indikatorlar bilan jihozlangan transport va piyodalar svetoforlariga bosqichma-bosqich almashtirish bo‘yicha tegishli idoralar va hokimliklar bilan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish va amalga oshirish, yangilangan “Yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari”, “Svetoforlar” standartlarini ilg‘or xorijiy va xalqaro tajribani inobatga olib ishlab chiqib tasdiqlashi kerakligi bo‘yicha topshiriqlar berilgan qaror qabul qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi svetoforlar o‘rnatiladi