20:20 / 26.10.2018
7 712

Endi kartoshka, piyoz, sabzi va guruchning narxi oshmaydimi?

Endi kartoshka, piyoz, sabzi va guruchning narxi oshmaydimi?
Asosiy turdagi qishlok xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning reja jadvali tasdiqlandi.

Respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va kafolatli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilingani haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilmoqda.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan ichki iste’mol bozorining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasi oziq-ovqat resurslarini ishlab chiqarish va ishlatishning prognoz ko‘rsatkichlari orqali baholash tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, qaror bilan 2018-2019 yillar qish va bahor mavsumiga:

• asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning umumiy prognoz hajmlari va tayyorlov tashkilotlari bo‘yicha prognoz hajmlari;

• “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi hududiy tashkilotlarining, hududiy tayyorlov tashkilotlarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;

• sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;

• asosiy turdagi qishlok xo‘jaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch) zaxiraga jamg‘arishning reja jadvali tasdiqlandi.

Xususan, aholini arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida 2018-2019 yillar qish va bahor mavsumiga 222 ming 409 tonna kartoshka, 120 ming 676 tonna piyoz, 91 ming 617 tonna sabzi, 66 ming 475 tonna guruch zaxira qilib qo‘yiladi.​​

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi kartoshka, piyoz, sabzi va guruchning narxi oshmaydimi?