21:50 / 27.10.2018
3 813

Alisher Sa’dullayev Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Alisher Sa’dullayev Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisiga o‘rinbosar bo‘ldi
Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyevning birinchi o‘rinbosari etib saylandi.

Sa’dullayev shu kunga qadar xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 30 iyun kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi vaqtida chiqish qilgan 23 yoshli Alisher Sa’dullayev xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangandi.

Alisher Sa’dullayev 1994 yilning 11 iyulida Jizzax viloyatining Jizzax tumanida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini tamomlagan, keyinroq Buyuk Britaniyada tahsil olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Sa’dullayev Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisiga o‘rinbosar bo‘ldi