“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tumanlar markazlarida psixologiya markazlari faoliyatini tashkil etish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Kundan-kunga turli sabablarga ko‘ra fuqarolarda malakali psixologlar xizmatiga ehtiyoj ortib bormoqda. Yuqori sifatli psixologik yordam ko‘rsatish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish fuqarolarning salomatligi va sog‘ligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, har bir tumanda psixologiya markazlarini ochishni taklif qilaman, deb yozadi murojaat muallifi.
Qayd etilishicha, markaz psixologik yordamga muhtoj insonlar: yolg‘iz ayollar, yolg‘iz qolgan keksalar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Tajribali psixologlarning bilim va tajribalaridan unumli foydalanish aholining ruhiy salomatligini saqlash va ularning hayotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi, deyiladi petitsiyada.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda suitsidolog va psixiatriyaga aloqador shifokorlar yetishmayotgani keskin tanqid ostiga olingandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi