19:53 / 30.10.2018
3 420

Prokuror Aqto‘beda yonib ketgan avtobusdagi o‘zbekistonliklar nega darhol yugurib chiqishmaganini aytdi

Prokuror Aqto‘beda yonib ketgan avtobusdagi o‘zbekistonliklar nega darhol yugurib chiqishmaganini aytdi
Foto: Kazinform/Usmon O‘rinbosaro‘g‘li
Bugun ixtisoslashtirilgan sudda bo‘lib o‘tgan munozaralarda davlat ayblovchisi Usmon O‘rinbosaro‘g‘li Aqto‘be oblastida yonib ketgan avtobusdagi 52 nafar yo‘lovchi nima sababdan halok bo‘lganini aniqlagan ekspertiza versiyasini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Kazinform»ga asosan Kun.uz.

Ma’lumki, 2018 yil 18 yanvar kuni Aqto‘be oblastida, Samara - Chimkent avtoyo‘lida O‘zbekistondan bo‘lgan 52 nafar yo‘lovchi o‘tirgan avtobus yonib ketdi.

Qozog‘istonning uch fuqarosi va O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi omon qoldi. Tergovning ko‘rsatishicha, yong‘inga kavshar lampa va benzin idishi sabab bo‘lgan, avtobus ichidagi yo‘lovchilar ular yordamida isinishga harakat qilishgan.

Shuningdek, avtobus texnik jihatdan nosoz bo‘lgani aniqlandi.

Prokuror Usmon O‘rinbosaro‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni avtobus yo‘lda muzlab qolgan solyarka tufayli buzilgan.

Tergov davomida aniqlanishicha, avtobusning rasmiy haydovchisi faqat Maksat Pernebekov bo‘lgan, Nurjan Kirgizbayevni o‘zi chilangar sifatida yollagan. Barat Tanatov bilan uni Rossiyagacha olib borishga, evaziga esa u avtobus haydashda yordam berishiga kelishgan.

Muzlab qolgan bakni ko‘rgan Maksat Pernebekov avtobus saloniga ertalabgacha uxlash maqsadida kirib ketgan va boshqa ikki haydovchiga yo‘lovchilar kavshar lampani olishlari hamda ko‘chada ballonlardan birini yoqishlari mumkinligi haqida aytgan. Biroq, tunda salonda bo‘lgan kavshar lampa va benzinli idish tufayli yong‘in yuzaga kelgan.

U. O‘rinbosaro‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, tergov davomida yo‘lovchilar isinib olishi uchun avtobus saloniga kavshar lampani kim olib kirgani aniqlandi.

«Omon qolgan 2 nafar yo‘lovchi - Isoqov va Mirzahmedovning guvohlik berishicha, Nurjan Kirgizbayev salonga kavshar lampani olib kirgan. Texnik ekspertiza lampa ikkinchi va uchinchi qatorlar orasida turganini ko‘rsatdi. Yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelgan «Largus» avtomashinasi haydovchisi o‘sha tunda avtobus yonida to‘xtagani va iltimos qilishgani sababli o‘z benzini bilan bo‘lishganini tasdiqladi.

Ekspert Suleymenov yo‘lovchilarning aksariyati yong‘in paytida uyquda bo‘lgani va ular is gazidan halok bo‘lishganini tasdiqladi, sababi inson yong‘in paytida uyqudan tura olmaydi va hushiga kelmay vafot etadi», - deydi davlat ayblovchisi Usmon O‘rinbosaro‘g‘li.

Qarama-qarshi yo‘ldan kelayotgan avtobus haydovchisi ham yong‘in qanday sodir bo‘lganligini aytib berdi. Shaymedenovning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l chetida buzilib qolgan «Setra» avtobusi turgan. Undan bir kishi chiqib, unga yaqinlashgan va solyarka muzlab qolganini aytgan. O‘sha paytda avtobusdan oyoqlari yonayotgan inson otilib tushgan, salonda esa yong‘in bo‘lgan. Ular uni o‘chirishga urinishgan, ammo hammasi 10-15 daqiqa ichida yonib ketgan va odamlar halok bo‘lgan.

Barat Tanatovning onasi Gulmira Tanatovaning fikricha, uning o‘g‘li aybdor emas.

«Uning 7 farzandi bor. Ikki nafari talaba, qolganlari maktab o‘quvchilari. Xotini ishlamaydi. 9 oydan beri u azobda. U Aqto‘bedagi jarayonda bo‘lgandi, yaqinda uni uyga qaytarib yubordim. Mening o‘g‘lim Rossiyada shunchaki mashina sotib olib, taksichilik qilishni va oilasini boqishga pul topmoqchi edi. Endi esa qamaladi. Uning bolalarini kim boqadi?» - deydi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prokuror Aqto‘beda yonib ketgan avtobusdagi o‘zbekistonliklar nega darhol yugurib chiqishmaganini aytdi