04:55 / 31.10.2018
4 700

Oliy taʼlim vazirligi xodimi 3 ming AQSH dollari olayotgan paytda qoʻlga tushdi (foto)

Oliy taʼlim vazirligi xodimi 3 ming AQSH dollari olayotgan paytda qoʻlga tushdi (foto)
Foto: “iiv.uz”
Shu yilning 13 oktyabr kuni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga fuqaro Ch.N. ariza bilan murojaat qilib, unda 2018 yilning oktyabr oyi boshlarida X.A. Oliy taʼlim vazirligida ishlovchi U.A. orqali uning ikki nafar tanishlarini Toshkent huquqshunoslik litseyiga oʻqishga kiritib qoʻyishga vaʼda qilib, evaziga 3 ming AQSH dollari soʻraganligini maʼlum qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV va Namangan viloyati IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, xususiy tadbirkor X.A. Namangan shahrining Nodira koʻchasida fuqaro Ch.N.dan 3 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan. X.A. oʻz koʻrsatmasida ushbu pullarni oʻqishga kiritish masalasini hal qilish uchun jinoiy sherigi U.A.ga berishi lozim boʻlganligini koʻrsatgan.

Foto: “iiv.uz”
14 oktyabr kuni X.A.ning koʻrsatmasi asosida tezkor tadbir davom ettirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi boʻlim boshligʻi U.A. Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumani “Qirqqiz” qishloq fuqarolari yigʻini hududida jinoiy sherigi X.A.dan 3 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan Namangan shahar IIB Tergov boʻlimi tomonidan X.A. va U.A.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy taʼlim vazirligi xodimi 3 ming AQSH dollari olayotgan paytda qoʻlga tushdi (foto)