09:43 / 31.10.2018
3 743

O‘zbekistonda non eksportiga cheklovlar olib tashlanadi

O‘zbekistonda non eksportiga cheklovlar olib tashlanadi
O‘zbekistonliklar 2019 yildan boshlab nonni cheklovlarsiz eksport qilishi mumkin. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning savdoni erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha farmoni loyihasida keltirilgan.

Eksportni va ichki savdoni rivojlantirish, raqobatni oshirish maqsadida 2019 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi tovarlar eksportiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadi:

- non-bo‘lka mahsulotlari;
- shakar;
- o‘simlik moyi;
- cho‘chqa go‘shti;
- parranda go‘shti;
- volfram rudalari konsentratlari;
- ipak chiqindilari.

Non narxi O‘zbekistonda ko‘p yillar davomida ijtimoiy muhim tovar sifatida davlat tarafidan belgilab kelingan. Bundan tashqari, 1-navli un narxini ham davlat belgilaydi. Joriy yilning 15 sentyabridan un narxi 930 so‘mdan 1400 so‘mga ko‘tarilib, bo‘lka non narxi davlat tarafidan belgilanishi bekor qilingan. Bu nonning narxi qariyb ikki baravar oshib ketishiga olib kelgan.

Hozir non narxi Toshkent shaxrida 1050 so‘mni tashkil etadi. Noyabr o‘rtalaridan un narxining davlat tarafidan belgilanishi ham bekor qilinadi. Buning oqibatida un va non narxi yanada oshishi kutilmoqda.

O‘tgan haftada nonni ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar qatoridan chiqarish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda non eksportiga cheklovlar olib tashlanadi