Namangan viloyati Pop tumanida uch nafar fermer paxtaga 3 tonna qum va tuproq aralashtirilib topshirish ishi bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari Namangan viloyati Pop tumani “Pop paxta tozalash” AJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslarining jinoiy rejalariga nuqta qo‘ygan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda, paxta topshirish Maskani brigadiri Furqat Rahimov, “Shamsiddin-Dildora” fermer xo‘jaligida terilgan paxta xomashyosi ostiga yashirilgan 1 tonna tuproq va qumni o‘tkazib berish evaziga Shuhrat Usmonovdan 300 AQSh dollari va 400 ming so‘mni olib, qum va tuproqni jamiyat hududiga tushirib chiqqan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushirildi.
Shuningdek, tumandagi “Oltin zamin Rasul” va “Abdurashid ota T” fermer xo‘jaliklarining paxta xomashyolari olib kelingan transport vositalarining har birida polietilen qoplarda bo‘lgan 1 tonnadan tuproq va qum borligi aniqlangan. Uchta fermer xo‘jaligi tomonidan 3 tonna qum va tuproq shu kuni sotilgan 9 694,7 ming so‘mlik paxta xomashyosi o‘rniga o‘tkazilganligi aniqlangan.
“Bu hali hammasi emas, e’tibor bering jamiyat hududidagi 27-buntning ichida tuproq uyumlari mavjud bo‘lib, paxta saqlash maydonchasida mavjud xomashyo 1-nav 1-sinfga mansubligi va uni ichiga 1,8 tonna tuproq aralashtirib yuborilganligi Departament xodimlari tomonidan fosh etildi. Mazkur almashtirib qo‘yilgan tuproq uchun davlatdan 6,313 ming so‘m pul undirilgan” deyiladi O‘zA xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»