3 155
Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyalanadigan qator faoliyat turlari boshqa organlarga o‘tkazildi
Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq, litsenziyalash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi organlar ko‘paydi. Bu haqda Adliya vazirligining “Nuquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Xabarda keltirilishicha, qarorlarga kiritilgan o‘zgartirishlar asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyalanadigan bir qator faoliyat turlari boshqa organlarga o‘tkazilgan.
Xususan:
- portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish;
- ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo‘lish sohasidagi faoliyat;
- qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash – yangi litsenziyalovchi organ “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan;
- neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish;
- neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek, texnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, zavodda idishlarga qadoqlanganlari bundan mustasno. (Neft mahsulotlarini AYoQSh va moy almashtirish punktlarida sotishdan tashqari);
- magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlashni litsenziyalash – yangi litsenziyalovchi organ “O‘zdavneftgazinspeksiya” tomonidan;
- pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilishni litsenziyalash – endilikda Ichki ishlar vazirligi tomonidan;
- geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash – Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi noshirlik faoliyatini litsenziyalash – O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek, turizm (turoperator) faoliyatini litsenziyalash esa Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, Turizmni rivojlantirish departamentlari tomonidan amalga oshiriladi. Ilgari ushbu faoliyatni faqat Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi litsenziyalagan.
Veterinariya faoliyatini litsenziyalash endilikda nafaqat Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari tomonidan ham amalga oshiriladi.
Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash vakolati Davlat raqobat qo‘mitasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga o‘tkazildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi