02:23 / 01.11.2018
3 788

IIBB: Toshkentdagi baxtsizlik yuzasidan shoshilinch xulosa chiqarmanglar

IIBB: Toshkentdagi baxtsizlik yuzasidan shoshilinch xulosa chiqarmanglar
Foto: «Sputnik»
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev jamoatchilikni bugun, 31 oktyabr kuni tongda Toshkent shahrida sodir bo‘lgan baxtsizlik yuzasidan shoshilinch xulosa chiqarmaslikka chaqirdi. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

«Prokuratura ushbu ish yuzasidan jinoiy ish ochgan. Sizlardan ushbu fojea yuzasidan shoshilinch xulosa chiqarish yoki izohlar bermaslikni so‘raymiz. Hozircha hech narsa aniq emas, savollar juda ko‘p. U yerda hamma narsa tekshiriladi: gaz ham, suv ham, havo ham, limonad, pechene va boshqa narsalar ham.

Bizni ham to‘g‘ri tushuninglar. Hozir ota-ona og‘ir qayg‘uda, ularga savol berishning o‘zi noqulay. Ular bilan ruhshunoslar ishlamoqda. U yerda tez yordam mashinasi ham navbatchilik qilmoqda. Biz biroz kutib turishimiz kerak.

Agar ekspertiza yo‘li bilan fojia sababini aniqlashning iloji bo‘lsa, biz buni sizlarga albatta xabar qilamiz», — degan Toshxo‘jayev jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, bugun tongda Toshkentning Chilonzor tumanidagi Dilxush ko‘chasida istiqomat qiluvchi xonadonning to‘rt nafar a’zosi kutilmaganda vafot etgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan rasmiy xabarda ular gaz yoki ovqatdan zaharlangan bo‘lishi mumkinligi aytilgan. Yakuniy xulosa barcha tekshiruvlardan so‘ng ma’lum qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIBB: Toshkentdagi baxtsizlik yuzasidan shoshilinch xulosa chiqarmanglar