03:07 / 01.11.2018
4 851

Sud tibbiy eksperti: Taom emas is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgan

Sud tibbiy eksperti: Taom emas is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgan
Chilonzor tumanidagi fojiali holatga is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

“Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika bosh Davlat sanitariya vrachi Saidmurod Saidaliyevning bildirishicha, sud-tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, 2018 yil 31 oktyabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani Dilxush ko‘chasi 37-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Akbarov xonadonida qayd etilgan fojiali holatga taom emas, balki is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgan”, - deyilgan xabarda.

Bugun ertalab Chilonzor tumanida bir oilaning to‘rt farzandi kutilmaganda vafot etgani haqida xabar bergan edik. Xabarda shuningdek oila a’zolari kechqurun kabob iste’mol qilgani va shundan keyin o‘zini yomon his qilgani ham aytib o‘tilgan edi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan dastlabki xabarda oila a’zolari ovqatdan zaharlanish oqibatida vaft etgan deyilgan edi, lekin keyinroq IIBB ushbu xabarni tasdiqlamagan va "fojea sabablari hozircha noma’lum gaz, suv, havo ham tekshirilmoqda” deb xabar qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud tibbiy eksperti: Taom emas is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgan