08:18 / 01.11.2018
4 149

2020 yilgacha go‘sht, kartoshka, shakar va guruch boj to‘lovlarisiz olib kiriladigan bo‘ldi

2020 yilgacha go‘sht, kartoshka, shakar va guruch boj to‘lovlarisiz olib kiriladigan bo‘ldi
Prezidentning «Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq O‘zbekistonga olib kirilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvarga qadar quyidagilarni mamlakatga bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib kirish mumkin:
  • Tirik yirik qoramol, qo‘y-echkilar;
  • Qoramol, qo‘y va echki go‘shti;
  • Kartoshka, soya loviyasi;
  • Kungaboqar, kunjut urug‘i;
  • Shakar, guruch.

Shuningdek, sement, asbest, qurilish oynasi, yog‘och va ko‘mir mahsulotlari importi bo‘yicha ham 2020 yil 1 yanvarga qadar bojxona imtiyozlari taqdim etildi.

Bojxona imtiyozlari ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zlarining ehtiyojlari uchun asosiy qurilish materiallar, jumladan, sement klinkeri va asbestni import qilganda ham qo‘llaniladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2020 yilgacha go‘sht, kartoshka, shakar va guruch boj to‘lovlarisiz olib kiriladigan bo‘ldi