18:31 / 01.11.2018
7 882

Andijonda 4 egizak tug‘ilgani haqidagi xabarni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rad etdi

Andijonda 4 egizak tug‘ilgani haqidagi xabarni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rad etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon viloyatida to‘rt egizak tug‘ilgani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lum qildi.

“Bugun, birinchi noyabr kuni internetdagi axborot resurslarida Andijon viloyatidagi Sobirovlar xonadonida to‘rt nafar egizak tug‘ilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi, – dedi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Gulbahor Abdullayeva. – Lekin biz mazkur holatni surishtirib, bu voqea Andijon viloyatida sodir bo‘lmagani va bu hech qaysi tug‘ruq uyimizda qayd etilmaganini aniqladik”.

Gulbahor Abdullayevaning bildirishicha, ushbu holat AQShning Arizona shtatida joylashgan avliyo Jozef shifoxonasida qayd etilgan.

Haqiqatan ham egizaklar 2018 yilning sentyabr oyida AQShning Arizona shtatida hondurasliklar oilasida tug‘ilgan.

Chaqaloqlarga Lusiano, Oktavio, Valeriya va Emilio deb ism qo‘yishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 4 egizak tug‘ilgani haqidagi xabarni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rad etdi