Poytaxtlik Z.M ismli ayolga S.O ismli erkak “karbamid” olib kelib sotilsa, yaxshi foyda qolishi haqida so‘z ochadi. Aftidan erkak ayolning puli borligini bilib, uni chuv tushirishni ko‘ngliga tuggan.
Osongina keladigan daromad haqida eshitgan ayol puli yanada ko‘payishini istab qoldi. Erkakka shu maqsadda 25 ming AQSh dollarini berib yubordi. S.O esa pulni qo‘lga kiritgach, uni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yubordi.
Na daromadli mahsulotdan, na puldan darak bo‘lmagach Z.M. firibgarga chuv tushganini fahmladi. Shundan so‘ng u Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga bu haqda murojaat qildi.
Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi avtomashina bozorida ham shunga o‘xshash holat ro‘y bergan. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi S.M. “Neksiya” rusumli avtomashinasini sotish uchun bozorga olib chiqqan. Noma’lum shaxs kelib keyinchalik sotib olish sharti bilan 24 oy davomida har oyda 500 dollardan jami 12 ming dollar to‘lab berishini aytadi. S.M. bunga rozi bo‘ladi va avtomobilini unga berib yuborgan.
Biroq, xaridorning maqsadi butunlay boshqacha edi. U avtomashinani olib ketgach, uni bo‘laklarga ajratib, noma’lum shaxslarga sotib yuborgan. Pulini esa o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Og‘zaki kelishuvga ishongan avtomobil egasi ham na puldan na avtomobilidan darak bo‘lmagach, ichki ishlar organiga murojaat qilgan.
Organ xodimlarining sa’y-harakati bilan ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi 23 yoshli T.A.ni ushlash choralari ko‘rilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, ushbu ikki holat yuzasidan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!