20:42 / 02.11.2018
5 907

O‘zbekistonda go‘sht yil boshidan buyon o‘rtacha 23 foiz qimmatlashdi

O‘zbekistonda go‘sht yil boshidan buyon o‘rtacha 23 foiz qimmatlashdi
O‘zbekistonda 2018 yil boshidan buyon go‘sht mahsulotlari o‘rtacha 23 foiz oshdi. Ushbu davrda ayniqsa mol go‘shti va qo‘y go‘shti narxi sezilarli darajada o‘sdi.

Shunday qilib, yanvar oyidan oktyabr oyiga qadar mol go‘shti narxi (lahmdan tashqari) 24,1 foiz, qo‘y go‘shti narxi esa 22,6 foiz oshgan.

"Joriy yilning 10 oyi mobaynida go‘sht mahsulotlari uchun narxlar dinamikasi noting ko‘rsatkichlarni qayd etgan. Xususan, chorva mollarining go‘sht narxi iyun oyida yuqori darajada o‘sgan. Biroq tovuq go‘shti narxi iyul oyiga qadar har oyda pasayib borgan, ammo avgust oyidan boshlab tovuq go‘shti narxi ham sezilarli darajada ko‘tarila boshlagan", deyiladi bayonotda.

Sentyabr oyiga nisbatan joriy oyda parranda go‘shti 4,4 foiz, broyler go‘shti narxi esa 2 foiz ko‘tarilgan.

Bundan tashqari, oktyabr oyida tuxum narxi yuqori darajada – 15,1 foiz qimmatladi. Yil boshida ushbu mahsulot narxi 2017 yilga nisbatan 9 foiz tushgandi.

O‘zbekistonda oktyabr oyida yillik inflyatsiya darajasi 16,3 foizni tashkil etdi. Tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 1,3 foiz ko‘tarildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda go‘sht yil boshidan buyon o‘rtacha 23 foiz qimmatlashdi