10:13 / 03.11.2018
4 217

Mirziyoyev maktablarda o‘quv jarayonini avtomatlashtirishni jadallashtirish haqida topshiriq berdi

Mirziyoyev maktablarda o‘quv jarayonini avtomatlashtirishni jadallashtirish haqida topshiriq berdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 noyabr kuni xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Prezident soha oldida yana ko‘plab vazifalar turgani, darsliklar ta’minoti, ta’lim dasturlari sifati, o‘qituvchilar bilim va malakasini oshirish, kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish, chet tillarini o‘qish imkoniyatini kengaytirish borasidagi ishlar talab darajasida emasligini ta’kidladi.

Xalq ta’limi tizimida o‘quv jarayonini avtomatlashtirish, o‘quvchilarni maktabga qabul qilish va ko‘chirish xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish, davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy maktablar tashkil etish sust borayotgani qayd etildi.

Yig‘ilishda shu yo‘nalishlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, ayni paytda maktab o‘qituvchilarining bilimi va malakasi talabga javob bermaydi. Tizimdagi 422 mingdan ortiq pedagogning 65 ming nafari o‘rta maxsus ma’lumotli. Atigi 11 ming nafar o‘qituvchi oliy toifali.

Ayni paytda 3 mingdan ortiq pedagog kadrlarga real ehtiyoj mavjud. Jumladan, ingliz tili, rus tili va adabiyoti, boshlang‘ich sinf, informatika, matematika fanlari o‘qituvchilari yetishmaydi.

Shuning uchun Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligiga vakant lavozimlarga pedagoglarni jalb qilish, chekka hududlarga borib ishlaydigan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish va malakasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

O‘quv-metodik va darsliklar sifatini oshirish ham dolzarb masalalardan. O‘quv yili boshlanganiga 2 oy to‘lgan bo‘lsa-da, 3-, 5-, 8-sinf o‘quvchilari uchun 33 mingdan ziyod darslik yetishmaydi. Darsliklarda xatoliklar ko‘pligi ham achinarlidir. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev maktablarda o‘quv jarayonini avtomatlashtirishni jadallashtirish haqida topshiriq berdi