14:55 / 03.11.2018
4 391

2019 yildan mehnat daftarchasining o‘rniga elektron baza joriy qilinadi

2019 yildan mehnat daftarchasining o‘rniga elektron baza joriy qilinadi
2019 yildan O‘zbekistonda mehnat darftarchasidan voz kechiladi. Uning o‘rniga elektron baza joriy etiladi. Bu haqda 2018 yilda davlat byudjetini amalga oshirish va 2019 yil uchun asosiy parametrlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiyada moliya vazirining o‘rinbosari Dilshod Sultonov aytib o‘tdi.

"Mehnat daftarchalari bizda SSSR davridan qolgan va ular foydalanish uchun juda noqulay. Ulardan voz kechish vaqti keldi. 2019 yildan ishga kirmoqchi bo‘lgan xodimlar mehnat daftarchasini ochishlariga to‘g‘ri kelmaydi, endilikda ular shunchaki o‘z ma’lumotlarini elektron bazaga kiritishsa bas", – dedi Dilshod Sultonov.

Bo‘lajak bazada xodimning barcha mehnat faoliyati va daromadi aks etadi. Kerakli ma’lumotni xodimning pasport ma’lumotlarini bazaga kiritgan holda olish mumkin bo‘ladi.

"Hozir soliq idorasi elektron bazaning asosini ishlab chiqmoqda va ushbu dastur deyarli tayyor. Endilikda o‘z oylik maoshingiz haqida "Telegram"dagi @oylikuzbot boti orqali bilib olish mumkin. Ushbu bot qancha oylik maosh to‘langani va qanchasi soliqqa ushlab qolinganini ko‘rsatadi. Shuningdek, bot maoshning qancha foizi naqd pulda va qanchasi plastik kartada berilganini ko‘rsatadi", – dedi Dilshod Sultonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2019 yildan mehnat daftarchasining o‘rniga elektron baza joriy qilinadi