14:38 / 06.11.2018
3 315

“O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari” tashkil etiladi

“O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari” tashkil etiladi
“O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan “O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ning konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiya xiyobonlarni rivojlantirish va uning doimiy faoliyatini tashkil etishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutadi:

- infratuzilma va moddiy-texnik bazani takomillashtirish;

- ta’lim va ma’rifiy faoliyatni rivojlantirish;

- madaniy-ma’naviy dam olish xizmatlaridan keng foydalanish;

- bolalar uchun ko‘ngilochar maydonchalari tashkil etish;

- ajdodlar tomonidan to‘plangan tarixiy va madaniy tajriba jamiyat a’zolarining individual va umumiy rivojlanishi uchun zarur shart ekanligini jamoatchilik ongiga singdirish.

Tematik xiyobonlar faoliyati 2018–2020 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur xiyobonlarda o‘qituvchi va murabbiylarning siymosini aks ettiruvchi, ularning nufuzini oshiruvchi monumentlar, kutubxonalar, ilmiy-ma’rifiy binolar, muzeylar yoki kichik ko‘rgazma zallari va boshqa ko‘ngilochar ob’ektlar tashkil etiladi.

Xiyobonlarning namunaviy loyihasini ishlab chiqish Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari” tashkil etiladi