21:02 / 06.11.2018
4 551

Shahrisabz Xalq bankiga mast holatda kirib, janjal qilgan fuqaro qo‘lga olindi (video)

Shahrisabz Xalq bankiga mast holatda kirib, janjal qilgan fuqaro qo‘lga olindi (video)
Shahrisabzda Xalq bankiga mast holatda kirib, janjal qilgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda «Daryo»ga Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa 2 oktyabr kuni taxminan 18:10 da yuz berdi. Shahrisabz shahar Xalq bankiga N. ismli fuqaro spirtli ichimlik iste’mol qilib kirdi.
Ushbu sodir bo‘lgan voqeani quyidagi VIDEO orqali ko‘rishingiz mumkin.

Bankda xizmat olib borayotgan Shahrisabz shahar Ichki ishlar boshqarmasi Tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimlari qonuniy talablariga
bo‘ysunmasdan janjal qildi. Nojo‘ya harakatlar qilayotgan vaqtida xodimlar tomonidan ushlanib, qo‘riqlash bo‘limi texnik qo‘riqlash punkti xodimlariga topshirildi. So‘ngra shahar Ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga olib borildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shahrisabz Xalq bankiga mast holatda kirib, janjal qilgan fuqaro qo‘lga olindi (video)