03:27 / 09.11.2018
4 221

Sirdaryoda niqobli bosqinchilar qo‘lga olindi

Sirdaryoda niqobli bosqinchilar qo‘lga olindi
Shu yil 7 noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yashovchi I.Yu.ning uyiga shu shaharda yashovchi J.B., kollejning 3-bosqich o‘quvchisi B.A., muqaddam sudlangan U.M. va I.M. yuzlariga niqob kiygan holda bostirib kirib, uni boshiga yog‘och bilan urib, pul talab qilgan vaqtlarida I.Yu.ning turmush o‘rtog‘i shovqin ko‘targan.

Natijada shu hududda xizmat olib borayotgan viloyat ichki ishlar organlari xodimlari voqea joyiga yetib kelib, 3 nafar bosqinchini qo‘lga olganlar. Yana bir nafari — J.B. voqea joyidan qochib ketgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan tezkor qidiruv natijalari tufayli u ham 8 noyabr kuni qo‘lga olingan. I.Yu. tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda niqobli bosqinchilar qo‘lga olindi