08:27 / 09.11.2018
5 366

Hayotiy saboq: “Tarozining ishi qiyinda, bolam…”

Hayotiy saboq: “Tarozining ishi qiyinda, bolam…”
Ko‘chadagi ishlarimni bitirib, uyga piyoda qayta boshladim. Odamlar gavjum yo‘lakning bir chetida olma sotib o‘tirgan yoshi katta onaxonga ko‘zim tushdi. Bir donagina tishi qolgan, nochorligidan bo‘lsa kerak, o‘zi savdo qilayotgan nur yuzli bu onaxon olma narxini kamaytirib berishini so‘rayotgan xaridorga samimiy ohangda: «Bolam, menga tirikchilik uchun faqat ming so‘m pulingiz qoladi. Besh panjani og‘izga tiqish shart emas. Bir kunim o‘tsa bo‘ldi…», dedi.

Xaridor ikki kilogramm olma so‘ragandi, onaxon kuchsizgina, qaltirayotgan qo‘llarida olmani taroziga osib qayta-qayta tortdi. Xaridor: «To‘g‘ri kelmayaptimi, xola?», degandi, onaxon: «Tarozining ishi qiyinda, bolam. Birovning haqi…», dedi.

Ana shu yerda boylik mol-dunyoning ko‘pligida emas, qanoatda ekanini chuqur his etdim. «Tarozining ishi» va birovning haqi borasida ham unutilmas saboq oldim. To‘g‘risi, onaxonni quchoqlab, yig‘lagim keldi…!
Nuriddin Muhammadjon

Manba: Islaminstitut.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hayotiy saboq: “Tarozining ishi qiyinda, bolam…”