12:56 / 09.11.2018
4 782

Namanganda pichoqbozlik oqibatida bir kishi halok bo‘ldi (video)

Namanganda pichoqbozlik oqibatida bir kishi halok bo‘ldi (video)
Ijtimoiy tarmoqda Namanganda ro‘y bergan pichoqbozlik videosi tarqalgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi «Kun.uz»ga ma’lum qilishicha, hodisa Namangan shahri «Go‘zal» massividagi «Sihatgoh» mahallasida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 oktyabr kuni «Barlos» kafesida mojaro chiqqan. Mojaro joyiga kelgan 24 yoshli yigit, N.K mojaro ishtirokilaridan biri bo‘lgan J.Sning yurak sohasiga pichoq bilan zarba bergan va u og‘ir jarohat tufayli vafot etgan.
[media=https://www.facebook.com/plugins/video.php?href=https%3A%2F%2Fwww.facebook.com%2Fkunuz.ru%2Fvideos%2F569145953536754%2F&show_text=0&width=560]
Ayni vaqtda mazkur holat buyicha Namangan shahar prokuraturasi tomonidan N.K.ga nisbatan JKning 97-moddasi (Qasddan qotillik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Kun.uz»ning Namangandagi manbasi ma’lum qilishicha, qotil mahalliy «razborщik» hisoblanadi. Uning qurboni esa Namangan shahridagi «Oromgoh» massivida yashagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda pichoqbozlik oqibatida bir kishi halok bo‘ldi (video)