13:27 / 10.11.2018
8 728

Toshkentda tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi (foto)

Toshkentda tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi (foto)
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati
Joriy yilning 9 noyabr kuni Turkiston san’at saroyida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, hukumat vakillari, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov, vazirlik mutasaddilari, tibbiyot sohasi fidoyilari ishtirok etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati
Tantanali tadbirda qayd etilishicha, joriy yilda tibbiyot sohasiga 9,6 trillion so‘m yo‘naltirilgan, bu o‘tgan yildagiga nisbatan 1,4 barobar ko‘p. Aholi eng ko‘p murojaat qiladigan birlamchi tibbiy-sanitariya bo‘g‘inida avvallari mavjud bo‘lmagan ijtimoiy dorixona va kunu-tun ishlaydigan tez tibbiy yordam shoxobchasiga ega 793 ta qishloq oilaviy poliklinikasi tashkil etildi. Ularda beshta yo‘nalishda ya’ni, amaliyot vrachi bilan birga, terapevt, xirurg, pediatr, stomatolog, ginekolog kabitor mutaxassislar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, tibbiy xodimlarning mehnati samaradorligini reyting baholash tizimi joriy qilindi. Shifokor qabuliga yozilish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha “Elektron poliklinika” tizimiga bosqichma-bosqich o‘tilmoqda.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur bayram tadbirida “Yilning eng yaxshi shifokori” ko‘rik-tanlovi doirasida “Yilning eng yaxshi kardiologi”,“Yilning eng yaxshi terapevti”,“Yilning eng yaxshi xirurgi”,“Yilning eng yaxshi pediatri”, “Yilning eng yaxshi neonatologi”,Yilning eng yaxshi akusher-ginekologi”,“Yilning eng yaxshi sog‘liqni saqlash tashkilotchisi”,“Yilning eng yaxshi infeksionist vrachi”, “Yilning eng yaxshi sanitariya-epidemiologiya vrachi”kabi jami 30 nominatsiya bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlarga loyiq topilgan sohaning fidoyi xodimlari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati
El ardog‘idagi san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlarga bayram kayfiyatini ulashdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi (foto)