07:27 / 12.11.2018
3 705

Kattaqo‘rg‘onda 6 yoshli qizaloq o‘z ukasi yotgan beshikka o‘t qo‘yib yubordi

Kattaqo‘rg‘onda 6 yoshli qizaloq o‘z ukasi yotgan beshikka o‘t qo‘yib yubordi
Samarqand viloyatida 6 yoshli qizcha 2 oylik ukasi yotgan beshikni yoqib yubordi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, 10 noyabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi 6 yoshli D.T. ismli qizaloq oila a’zolari tomonidan nazoratsiz qoldirilishi natijasida gugurt o‘ynab xonadagi beshikni yoqib yuborgan.

Natijada yong‘in uy egalari tomonidan o‘chirilgan. Yong‘in oqibatda qizaloq va uning beshikda yotgan ikki oylik ukasi A.T. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Ayni vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Vazirlik yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmaslikni so‘ragan.

Kattaqo‘rg‘on beshik yoqib yubordi

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Kattaqo‘rg‘onda 6 yoshli qizaloq o‘z ukasi yotgan beshikka o‘t qo‘yib yubordi