06:36 / 14.11.2018
2 945

Axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash bo‘yicha ekspertlar akkreditatsiyasi e’lon qilindi

Axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash bo‘yicha ekspertlar akkreditatsiyasi e’lon qilindi
2018 yilning 22 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”dagi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish va axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilangan.

O‘zMAA “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqib, yoshga oid tasniflash sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiyadan o‘tkazishga arizalar qabuli boshlanganligini e’lon qiladi.

Akkreditatsiyadan o‘tish maqsadida murojaat qiluvchi jismoniy shaxslar oliy ma’lumotga, maxsus bilimga, jumladan, pedagogika, yosh psixologiyasi, yosh fiziologiyasi, bolalar psixiatriyasi sohalariga oid bilimlarga ega bo‘lishi lozim.

Akkreditatsiyadan o‘tish maqsadida murojaat qiluvchi yuridik shaxslar o‘z shtatlarida jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan talablarga javob beradigan kamida uch nafar mutaxassisga yoki ular bilan shartnomaviy munosabatlarga ega bo‘lishi talab qilinadi.

Murojaat qiluvchilar yuqorida ko‘rsatilgan talablarga mos kelganda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan ularga bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotlarining eksperti yoki ekspert tashkiloti sifatida yoshga oid tasniflash va ekspertizadan o‘tkazish huquqini beruvchi akkreditatsiya attestati taqdim qilinadi.

Arizaga arizachining ekspertlarga va ekspert tashkilotlariga qo‘yiladigan talablarga mosligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- ekspertning tegishli soha bo‘yicha oliy ma’lumoti to‘g‘risida dipomi nusxasi;

- mutaxassislik bo‘yicha ish stajini tasdiqlovchi mehnat daftarchasining nusxasi.

Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar O‘zMAAga arizachi tomonidan bevosita, pochta orqali jo‘natish yo‘li bilan yoki Internet tarmog‘idagi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” davlat tizimi yoki Agentlikning rasmiy elektron [email protected] yoki [email protected] pochtalariga elektron shaklda taqdim etiladi.

Akkreditatsiyadan o‘tish uchun to‘lov undirilmaydi.

Arizalar hujjatlar qabul qilinganida 30 ish kuni mobaynida Ekspert komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga mosligi tekshiriladi hamda taqdim qilingan hujjatlar va suhbat natijalari asosida akkreditatsiya qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash bo‘yicha ekspertlar akkreditatsiyasi e’lon qilindi