13:17 / 14.11.2018
4 182

Yunusobod tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi

Yunusobod tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi
Bugun 14 noyabr kuni Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasida joylashgan «Yunusobod kichik sanoat zonasi» hududidagi «Stroyteploizolyatsiya» mas’uliyati cheklangan jamiyatning sintefon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishga 14 ta asosiy va 3 ta maxsus yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb qilingan. Yong‘in soat 10.34da qurshab olingan. Tan jarohati olganlar haqida ma’lumot yo‘qligi ma’lum qilindi.

Ayni vaqtda yong‘inni batamom o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobod tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi