07:27 / 15.11.2018
4 344

Toshkentda xaridorni 18 ming dollarga "uxlatgan" firibgar ayol ushlandi

Toshkentda xaridorni 18 ming dollarga "uxlatgan" firibgar ayol ushlandi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida firibgar ayolning makri uzoqqa bormadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

13 noyabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 27 mart kuni A.Qahhor ko‘chasida yashovchi, G.Q. (ayol) uyida tanishi, Uchtepa tumanida yashovchi, A.A.ga uyini 55.000 AQSh dollariga sotishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan boshlang‘ich to‘lov sifatida 18 000 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida G.Q. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda xaridorni 18 ming dollarga "uxlatgan" firibgar ayol ushlandi