18:16 / 16.11.2018
4 891

Shavkat Mirziyoyev Nukusda harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Nukusda harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 16 noyabr kuni Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugga qarashli Nukus gornizonida bo‘lib, xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bu gornizon hududidagi harbiy qism yotoqxonasi, o‘quv korpuslari, oshxona, shuningdek, harbiy shaharchadagi bog‘cha, maktab va yashash uylari yangilandi. Futbol, tennis, voleybol maydonchalari qurildi.

Kapital rekonstruksiya qilingan o‘quv korpusida muddatli harbiy xizmatchilar kompyuter savodxonligi, tadbirkorlik kurslari, xorijiy tillar, matematika va fizika bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Yana bir binoda merganlik, artilleriya, havo hujumidan mudofaa, harbiy topografiya, harbiy taktik maxsus va aloqa tayyorgarlik bo‘yicha nazariy bilimini oshiradi. Bundan tashqari, boy kitob fondiga ega va zamonaviy axborot vositalari bilan ta’minlangan kutubxona askarlar xizmatida. Bu yerda harbiy xizmatchilar videomuloqot orqali taniqli yozuvchi va shoirlar bilan suhbatlashish imkoniga ega.

Prezidentimiz turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar jarayonini ko‘zdan kechirdi, yoshlar bilan suhbatlashdi.

Harbiylarimizning ham jismonan, ham bilim jihatidan barkamol bo‘lishi uchun hamma sharoitlarni yaratyapmiz. Shuning uchun sizlar bir soat ham vaqtlaringizni behuda o‘tkazmay, kitob o‘qishingiz, chuqur bilim olishingiz, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni puxta o‘rganib, yoshlarga o‘rnak bo‘lishingiz kerak. Chunki yoshlar bizning tayanchimiz, umidimiz, dedi Prezident.

Fortepianoda opera ijro etgan kursant Jamshid Himmatovning o‘qishi va ijodiga muvaffaqiyat tiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Nukusda harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdi