19:10 / 17.11.2018
2 701

Kelesda do‘kondagi janjal vaqtida militsionerni pichoqlab qo‘yishdi

Kelesda do‘kondagi janjal vaqtida militsionerni pichoqlab qo‘yishdi
Shu yil 16 noyabr kuni Toshkent tumani Keles shahrida yashovchi N.D. (ayol) o‘zi ishlayotgan “Maximal-Market” do‘konida fuqaro B.A. bilan o‘zaro janjallashayotgan vaqtida do‘konga xarid uchun kirgan Toshkent tumani IIB xodimi, leytenant S.M. ularni ajratmoqchi bo‘lganida fuqaro B.A. pichoq bilan xodimga jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada leytenant S.M.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. B.A. qo‘lga olingan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Kelesda do‘kondagi janjal vaqtida militsionerni pichoqlab qo‘yishdi