13:18 / 19.11.2018
4 835

Sirdaryolik fermerlar qasamyod qabul qildi (foto)

Sirdaryolik fermerlar qasamyod qabul qildi (foto)
Sirdaryo viloyatining bir qator tumanlarida fermerlar qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda "Sirdaryo haqiqati" gazetasi xabar bermoqda.

"Guliston shahri hokimligi qarshisidagi yurt bayrog‘i maydonida g‘alladan mo‘l hosil yetishtirishga azmu qaror qilgan Boyovut va Guliston tumanlari fermerlari o‘z ahdlariga, shon-shavkatlariga sodiqligini ifodalab, yurt taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shishni, nopok ishlarga qo‘l urmaslikni ezgu niyat qilib, qasamyod qabul qildilar", - deyiladi nashr xabarida.

Shunday g‘allakor fermerlarning qasamyod qabul qilishiga bag‘ishlangan tadbirlar viloyatning boshqa tumanlarida ham o‘zgacha ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan.

Tadbirda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, viloyat prokuraturasi va huquqni himoya qilish organlarining vakillari ishtirok etgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryolik fermerlar qasamyod qabul qildi (foto)