22:46 / 21.11.2018
3 743

Moliya vazirligi: "Avto shoxobchalarda gaz narxining oshishiga asos yo‘q"

Moliya vazirligi: "Avto shoxobchalarda gaz narxining oshishiga asos yo‘q"
O‘zbekiston Moliya vazirligi gaz quyish shoxobchalaridagi oshirilgan gaz narxlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi va gaz narxlarining oshishiga hech qanday asos yo‘q deya ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

"Moliya vazirligi yana bir bor gaz quyish shoxobchalaridagi tabiiy gaz narxining oshirilishiga hech qanday asos yo‘q ekanligini ma’lum qiladi", deyiladi xabarda.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilning 16 noyabridan boshlab "O‘zbekneftgaz" kompaniyasining umumiy taklif qilayotgan tabiiy gaz narxi 1 kub.metr uchun investitsion ustama haqi bilan qo‘shib hisoblaganda 800 so‘mni tashkil etadi. Oldinroq faqat ustama haqining o‘zi 1 kub.metr gaz uchun 500 so‘mni tashkil etgandi.

Shuningdek, vazirlik agarda gaz quyish shoxobchalari egalari narxlarni oshirgan taqdirda, oshirilgan narxlardan tushgan daromadlarni noqonuniy daromad sifatida olib qo‘yish bo‘yicha choralar ko‘rilishini ham ma’lum qilgan.

O‘zbekistondagi AYoQShlarda gaz narxi 16 noyabr sanasidan 300-400 so‘mga oshgan va ayni damda 2000-2200 so‘mni tashkil etmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moliya vazirligi: "Avto shoxobchalarda gaz narxining oshishiga asos yo‘q"