12:33 / 26.11.2018
10 136

Toshkentda isitish tizimi va issiq suv narxi yana oshadi

Toshkentda isitish tizimi va issiq suv narxi yana oshadi
8 dekabrdan boshlab Toshkentda «energiya tashuvchilar va materiallar narxi oshishi» munosabati bilan markaziy isitish tizimi va issiq suv ta’minoti tariflari ko‘tariladi. Bu haqda «Toshissiqquvvati» korxonasi xabar berdi.

Aholi uchun markaziy isitish tizimiga bir oylik tarif turar-joy kvadrat metri uchun 1610,99 so‘mgacha oshiriladi. Issiq suv ta’minoti uchun yangi tarif hisoblagichsiz kishi boshiga 18609,24 so‘mni tashkil etadi, hisob uskunasi bo‘lganda issiq suv ta’minoti kubometriga 4765,20 so‘mga teng bo‘ladi. Umumiy yuvinishi xonasi bo‘lgan yotoqxonalarda yashovchilar uchun issiq suv narxi kishi boshiga bir oyda 13843,47 so‘mni tashkil etadi.

Issiqlik energiyasi hisoblagichlari bo‘lmagan yuridik shaxslarga issiqlik energiyasini yetkazib berish tarifi issiqlik energiyasiga belgilangan tarifning ikki barobarlik miqdorini qo‘llangan holda amalga oshiriladi (ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yuridik shaxslarga yetkazib beriluvchi isitish uchun issiqlik energiyasidan tashqari).

Issiq suv hisoblagich qurilmalari bo‘lmagan aholiga yetkazib beriladigan issiq suv uchun haq issiq suv ta’minoti xizmatlariga o‘rnatilgan tariflarga 1,5 barobarlik oshib boruvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda amalga oshiriladi.

Propiskadan o‘tmagan fuqarolar bo‘lgan turar-joy inshootlarida issiq suv uchun o‘lchash moslamalari mavjud bo‘lmaganda, issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun hisob-kitoblar iste’mol normalari, issiq suv ta’minoti xizmatlarining belgilangan tariflariga 1,5 barobarlik koeffitsiyentni quyidagicha hisoblagan holda o‘rnatiladi:

- bitta xonali va ikki xonali kvartiralarda bir kishi uchun;
- uch xonali kvartirada ikki kishi uchun;
- to‘rt xonali kvartirada uch kishi uchun;
- besh xonali kvartirada to‘rt kishi uchun.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda issiq suv va issiqlik ta’minoti narxlari 2018 yil 16 noyabrdan boshlab oshirilgandi.

Bunga qadar issiq suv va isitish tariflari shu yilning mayida oshgandi. Unga ko‘ra, Toshkent aholisi, hisoblagich bo‘lgan holatda issiq suvning bir kubometri uchun 10,6 foizga o‘sib, 3915,9 so‘mdan 4332 so‘mga yetgandi. Hisoblagich mavjud bo‘lmaganda oyiga kishi boshiga 16 917,49 so‘m to‘langan.

Markazlashgan isitish tarifi isitiladigan maydonning har bir kvadrat metri 1423,86 so‘mdan 1464,53 so‘mga oshirilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda isitish tizimi va issiq suv narxi yana oshadi