00:20 / 27.11.2018
3 562

Fransuz kompaniyalari Chorvoq ko‘li atrofini obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqadi

Fransuz kompaniyalari Chorvoq ko‘li atrofini obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqadi
Fransuz kompaniyalari konsorsiumi "Orex Loisirs", "Compagnie des Alpes", "Geode", "Egis", "Epode" va "Patriarch" "Bo‘stonliq" turistik zonasini obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqadi. Mazkur loyiha joriy yilning 21 noyabr kuni Toshkent viloyati va konsorsium o‘rtasida imzolangan shartnoma doirasida amalga oshiriladi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati rahbari Oybek Musurmonqulov xabar berdi.

"Toshkent viloyatida alpinizm, snoubord, aeronavigatsiya, velosiped va motor sportini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bundan tashqari, eko va qishloq xo‘jaligi turizmini rivojlantirish uchun ham imkoniyatlar bor. Bugungi kunda Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlarida 160 dan ziyod mehmonxona qurilmoqda”, deydi Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibrohimov.

Fransiya konsorsiumi kompaniyalari Chorvoq ko‘li atrofida qishki va yozgi kurort – dam olish zonalarini aniqlash va loyihalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullandi.

Bundan tashqari, Fransiya rivojlanish agentligi Chorvoq to‘g‘oni uchun birlashgan boshqaruv rejasini ham taklif qilgan. Mazkur reja turizm sohasida suvdan foydalanishni optimallashtirishga imkon beradi.

Shuningdek, Fransiyaning turizm sohasidagi mutaxassislari O‘zbekistonda shaharsozlikning turli modellarini taqdim etishlari va infratuzilmaning darajasini va narxini hisoblashlari mumkin. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Oldin xabar berilganidek, 19-21 noyabr kunlari Toshkent shahrida turizm sohasida birinchi xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Unda xorijiy va mahalliy investorlar bilan qator bitimlar imzolangan.

"Orex Loisirs", "Compagnie des Alpes", "Geode", "Egis", "Epode" va "Patriarch" Nyu-York, London, Frankfurt, Shanxay va Dubayda o‘z savdo ofislari bo‘lgan yirik fransuz turizm kompaniyalari hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fransuz kompaniyalari Chorvoq ko‘li atrofini obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqadi