18:08 / 27.11.2018
7 901

Oltinko‘llik er telefon quvvatlagich bilan xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi (video)

Oltinko‘llik er telefon quvvatlagich bilan xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi (video)
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaro 22 yoshli turmush o‘rtog‘ini telefon quvvatlagich bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu haqda Turon24ga viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Sherzod Nuriddinov ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 25 oktyabr kuni Oltinko‘l tumanidagi Chaqqon-2 mahallasida yashovchi Sh.A. turmush o‘rtog‘i, 22 yoshli Sh.Z.ni bo‘g‘ib o‘ldirgan.

“Sh.A. turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchilik sababli qotillikka qo‘l urgan. To‘plangan hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, tuman prokuraturasiga havola qilindi, – deydi Oltinko‘l tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Mirzajon Qurbonov. – Hozirgi kunda Sh.A.ga nisbatan Oltinko‘l tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”.

Sh.A.ning bildirishicha, xotini unga haqoratli so‘zlarni aytgandan o‘zini tutolmay telefonni quvvatlantiruvchi sim bilan bo‘g‘a boshlagan.

“Qarasam ayolim ko‘karib ketgan ekan. Qo‘limni olganimda ayolim harakatdan to‘xtab qolgan edi. Qo‘rqib ketdim. Nima qilishimni bilmadim. Qilmishimdan qattiq pushaymonman”, deydi ayblanuvchi A.Sh.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oltinko‘llik er telefon quvvatlagich bilan xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi (video)