06:00 / 28.11.2018
3 307

Ichan qal’ada milliy va xorijiy valyutalarda pul olish uchun bankomatlar o‘rnatilmoqda

Ichan qal’ada milliy va xorijiy valyutalarda pul olish uchun bankomatlar o‘rnatilmoqda
Ichan qal’ada Visa Card, Master Card, American Express, China Union Pay kartalarini qabul qiladigan bankomat va terminallarni o‘rnatish ishlari boshlandi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qo‘mitaning ma’lumotiga ko‘ra, mazkur bankomatlar va terminallar asosan turistlar yig‘iladigan joylarda, shuningdek, Ichan qal’a hududida valyuta almashinuvi va emissiya operatsiyalari uchun o‘rnatiladi.

Xususan, 2019 yilning yanvar oyi oxiriga qadar Ichan qal’aga "24/7" rejimida ishlovchi 28 ta bankomat o‘rnatiladi.

Bankomatlarni o‘rnatish 2017-2021 yillar mobaynida Xiva shahri va Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatini kompleks rivojlantirish dasturida doirasida amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichan qal’ada milliy va xorijiy valyutalarda pul olish uchun bankomatlar o‘rnatilmoqda