06:30 / 28.11.2018
4 217

Singapur kompaniyasi O‘zbekistonda 2,5 milliard dollarlik «aqlli shahar» barpo etmoqchi

Singapur kompaniyasi O‘zbekistonda 2,5 milliard dollarlik «aqlli shahar» barpo etmoqchi
Foto: «democratica.com»
O‘zbekiston davlat investitsiya qo‘mitasi va Singapurning «Universal Success Enterprises» kompaniyasi o‘rtasida ilk marta bo‘lib o‘tgan turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsion forum doirasida «aqlli shahar» qurilishini nazarda tutuvchi memorandum imzolandi.

Memorandumga ko‘ra, kompaniya 2,5 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritish orqali 2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida «aqlli shahar» barpo etishni rejalashtirmoqda.

Universal Success Enterprises aqlli va sanoat shaharlarini qurishda tajribaga ega. Jumladan, kompaniya Hindistonda 152 gektar maydonda «Kolkata West International City» va 400 gektarlik «Dholera Special Investment Region» qurish bo‘yicha loyihani amalga oshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Singapur kompaniyasi O‘zbekistonda 2,5 milliard dollarlik «aqlli shahar» barpo etmoqchi