17:14 / 28.11.2018
5 264

Surxondaryoda topilgan qadimiy qo‘rg‘onni Zahiriddin Bobur qurdirgan (video)

Surxondaryoda topilgan qadimiy qo‘rg‘onni Zahiriddin Bobur qurdirgan (video)
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani Xo‘jaanqo qishlog‘i yaqinidan 2013 yildan o‘rganila boshlagan qadimiy qo‘rg‘onni arxeolog To‘xtash Annayev boshchiligidagi bir guruh olimlar Zahiriddin Muhammad Bobur qurdirgan demoqda.

Baland tepalik ustida joylashgan ushbu qadimiy qo‘rg‘on bir necha asrdan buyon "Boburtepa", “Boburqo‘rg‘on” nomlari bilan atab kelingan bo‘lib, 16-asrda harbiy istehkom vazifasini o‘tagan.

Qo‘rg‘onning kengligi 50 metr. U eni 2 metrli tosh devor bilan o‘rab olingan.

Arxeolog olim To‘xtash Annayevga ko‘ra, bu yerda topilgan tarixiy ashyolar, sopol siniqlari 16-asrga taalluqli.

Tadqiqotchilar Abdulla Xolmirzayev va Ikrom Umarovning fikricha, Bobur Afg‘oniston va Hindistonga o‘tib ketish vaqtida bu manzilda to‘xtab, istehkom qurdirgan. Keyinchalik mazkur maskan askarlar uchun qo‘rg‘on vazifasini bajargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda topilgan qadimiy qo‘rg‘onni Zahiriddin Bobur qurdirgan (video)