07:58 / 29.11.2018
4 008

Prezident askarlar qasamyoddan oldin “Temur tuzuklari”dan sinov topshirishi kerakligini aytdi

Prezident askarlar qasamyoddan oldin “Temur tuzuklari”dan sinov topshirishi kerakligini aytdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida askarlar harbiy qasamyod qilishdan oldin O‘zbekiston tarixi va “Temur tuzuklari” fanidan sinov topshirishi kerakligini aytgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

– Mana, Amir Temur bobomiz bilan hammamiz faxrlanamiz. Lekin, xolisona aytaylik, ulug‘ sohibqironning “Tuzuklar”ini qancha askar o‘qigan? – deya savol qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev. – Yoki buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida hamma ham yetarli bilimga egami? Vaholanki, bu ajdodlarimizning g‘alabalari, strategiya va taktikalarini dunyodagi ko‘plab harbiy maktab va akademiyalarda bugun ham o‘rganishadi.

Prezident ilg‘or harbiy qismlarga ulug‘ o‘zbek sarkardalarining nomini berish, mohir lashkarboshilar haqida ilmiy tadqiqotlar, badiiy kitoblar, kinolar yaratishga ham ko‘rsatma bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident askarlar qasamyoddan oldin “Temur tuzuklari”dan sinov topshirishi kerakligini aytdi