12:54 / 30.11.2018
2 609

Lukashenko: “Shavkat Mirziyoyev — O‘zbekistonni sevadigan va yaxshi biladigan, mamlakat uchun juda ko‘p ezguliklar qilgan inson”

Lukashenko: “Shavkat Mirziyoyev — O‘zbekistonni sevadigan va yaxshi biladigan, mamlakat uchun juda ko‘p ezguliklar qilgan inson”
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchisi bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir sifatida faoliyat yuritgan davridayoq O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida alohida qatnashganini ta’kidladi.

“Shavkat Mirziyoyev — O‘zbekistonni sevadigan va yaxshi biladigan, mamlakat uchun juda ko‘p ezguliklar qilgan inson. U barcha ­muammoni chuqur biladi. Shu bois Prezident sifatida ish boshlaganida unga yon-atrofdagi holatning aslini bilishga hojat yo‘q edi. U hammasini ichkaridan ko‘r­di. U tezda o‘zgartirdi va hamma sohada muvaffaqiyatlarga erishyapti”, deya Belarus rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirdi uning matbuot xizmati.

“Men ko‘plab Prezidentlarni ko‘rdim — hech birimiz yetilib qolgan muammolarni bu qadar faol va tezda hal qilmaganmiz. Unga shunchaki qoyil. Men buni chin dildan aytyapman”, deya ta’kidlagan Belarus rahbari Shavkat Mirziyoyevning ­Prezident sifatidagi ­faoliyatiga yuqori baho berib. Shuningdek, Lukashenko keyingi davrda mamlakatlarimiz hamkorlikni ­rivojlantirish borasida avvalgi yillardagi uzilishlarni bartaraf qilishga erishganini qayd etdi.

A. Lukashenko ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha dasturni to‘liq amalga oshirishga sodiqligiga yana bir bor urg‘u berib, ushbu reja ro‘yobga chiqarilishini qattiq nazorat qilishini bildirdi.

Belarus yetakchisi O‘zbekiston bilan do‘stona hamkorlik juda yaxshi va jadal rivojlanib borayotganiga to‘xtalib, jumladan, shunday dedi: “Biz avvalgi yillarda kuzatilgan hamkorlikdagi kechikishlarni yo‘q qilganimiz erishgan eng yaxshi ­natijamiz bo‘ldi. Men Shavkat ­Mirziyoyevga bularning hammasi uning xizmati ekanligini aytdim”.

Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston Prezidentining o‘zi uchun qulay bo‘lgan vaqtda Belarusga tashrif buyurishi mumkinligini ma’lum qildi. “Biz Shavkat Mirziyoyevni oddiy do‘stimiz sifatida emas, balki bizning birodarimiz, Belarusni juda hurmat qiladigan inson sifatida kutib olamiz. Ana shunday xislatlari bilan u meni doim qoyil qoldiradi. Va u, albatta, Belarusga samimiy munosabatda bo‘ladi, chunki u mamlakatimizni yaxshi biladi. Biz har doim O‘zbekiston uchun ishonchli hamkor bo‘lamiz va buning uchun hech qanday yopiq mavzular yo‘q. Ko‘p ishlar amalga oshirila boshlandi va yana ko‘p sa’y-harakatlar oldinda ­turibdi”, dedi Belarus rahbari.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Lukashenko: “Shavkat Mirziyoyev — O‘zbekistonni sevadigan va yaxshi biladigan, mamlakat uchun juda ko‘p ezguliklar qilgan inson”
[/banner_pushhouse