20:00 / 30.11.2018
4 059

FVV «Qamchiq» dovoni bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi

FVV «Qamchiq» dovoni bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi
Joriy yilning 30 noyabr kuni kechasi va 1 dekabr kuni tongda «Qamchiq» dovonining A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida kuchli qor yog‘ishi kuzatiladi.

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tuman tushadi, yo‘lning ko‘rinish chegarasi 50-100 m.ni tashkil qiladi. Shamol tezligi 18-23 m/s.gacha kuchayadi, yo‘lda qor uyumlari to‘planib, yaxlaydi.

«Ob-havoning keskin pasayishi va yo‘lda harakatlanishda noqulayliklar tug‘ilishini inobatga olib, yo‘lda ehtiyot choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz», - deyiladi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » FVV «Qamchiq» dovoni bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi