Toshkentda soxta hujjatlar asosida bojxona to‘lovlari imtiyozlaridan foydalangan tashkilotlar aniqlandi, deb xabar qildi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, Yakkasaroy tumanida ro‘yxatdan o‘tgan MChJ mansabdor shaxslari, jamiyatning ishlab chiqarish sexi mavjud bo‘lmasada, go‘yoki 25 nafar ishchi faoliyat yuritayotgani va 20 dona tikuv dastgohlari mavjudligi haqidagi soxta ma’lumotlar asosida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lib, bojxona organlariga uyushmaga a’zoligi haqidagi hujjatlarni taqdim etish orqali xorijiy davlatdan import qilingan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan 553 mln so‘mlik imtiyoz olishgan.
Tekshirishda jamiyat mansabdor shaxslari import qilingan tovarlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirmasdan, naqd pulga sotib yuborishgani aniqlandi.
Xuddi shu usulda, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga soxta hujjatlar asosida a’zo bo‘lish orqali import qilingan matolarni ishlab chiqarishga sarflamasdan, ichki bozorda naqd pulga sotish bilan shug‘ullanib, 682 mln so‘mlik bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozdan qonunga zid foydalangan Shayxontohur tumanidagi MChJ faoliyati ham fosh etildi.
Yuqoridagi har ikki jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov organlariga yuborildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi