14:30 / 01.12.2018
5 922

Bekobodda "soxta prokuror" qo‘lga olindi

Bekobodda "soxta prokuror" qo‘lga olindi
Toshkent viloyat Bekobod tuman IIB YXXB xodimi S.I. viloyat prokurorining nomiga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

U o‘z murojaatida prokuratura xizmat kiyimida o‘zini viloyat prokuraturasi 18-bo‘limining «Abduvohid» ismli tergovchisi deb tanishtirgan shaxs unga nisbatan viloyat prokuraturasining 8-bo‘limi tomonidan ariza yuzasidan tadbir tashkillashtirilayotganligini bildirib, unga yordam ko‘rsatishi mumkinligini aytib, 500 AQSh dollari talab qilayotganligini bildirgan.

Mazkur ariza yuzasidan 2018 yil 28 noyabr kuni Toshkent viloyat prokuraturasi 8-bo‘limi va Bekobod shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent viloyat MIBning sobiq davlat ijrochisi A.S. prokuratura organlari dala xizmat kiyimida S.I.dan firibgarlik yo‘li bilan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bekobodda "soxta prokuror" qo‘lga olindi