17:05 / 01.12.2018
3 675

O‘zini MIB xodimi deb tanishtirib fuqaroni "uxlatib" ketgan shaxs qo‘lga olindi

O‘zini MIB xodimi deb tanishtirib fuqaroni "uxlatib" ketgan shaxs qo‘lga olindi
Shu yil 7 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi I.E. (ayol) IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 1 noyabr kuni uning yashash uyida “Abror Toshmatov” ismli noma’lum shaxs o‘zini tuman MIB xodimi deb tanishtirib, gaz va elektr ta’minotidan qarzdor ekanligini aytib, aldov yo‘li bilan undan 330 000 so‘m pul olib, to‘lov uchun qalbaki ma’lumotnoma berib ketganligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Rishton tumanida yashovchi, aslida "Toza Hudud" DUK haydovchisi bo‘lgan Sh.J. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zini MIB xodimi deb tanishtirib fuqaroni "uxlatib" ketgan shaxs qo‘lga olindi