12:02 / 02.12.2018
5 412

Murod Xonto‘rayevni shifoxonadan olib ketishdi (video)

Murod Xonto‘rayevni shifoxonadan olib ketishdi (video)
Internetda Toshkent shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga huquq-tartibot organlari xodimlari kelib, MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevni o‘zlari bilan olib ketishgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

Ushbu videoda shifoxonaga Ichki ishlar vazirligining bir necha mashinasi kelgani, Murod Xonto‘rayev bu mashinalardan biriga chiqqani tasvirlangan.
[media=https://www.facebook.com/plugins/video.php?href=https%3A%2F%2Fwww.facebook.com%2Fkunuz.ru%2Fvideos%2F2252295081761508%2F&show_text=0&width=560]
Ayni damda shifoxonada da’volanayotgan sportchi nima maqsadda olib ketilgani ma’lum emas.

26 noyabr kuni Toshkent shahridagi «Toshkent savdo markazi» (sobiq Turkuaz) hududida yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev pichoqlab ketilgani xabar berilgandi.

Huquq-tartibot organlaridagi manbaning tasdiqlashicha, ayni vaqtda bu holat bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat ishi ochilgan, tergov harakatlari olib borilishi ustidan prokuratura nazorati o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Murod Xonto‘rayev shu yilning 21 iyuniga o‘tar kechasi Yunusobod tumani hududidagi tungi klubda ro‘y bergan mojaro ishtirokchisi bo‘lgan, u ko‘krak qismiga pichoq bilan berilgan zarbadan jarohat olgandi. U keyinroq shifoxonadan militsiyaga so‘roq berish uchun olib ketilgan, sud hukmi bilan qamoqqa olingandi.

U oktyabr oyida EKIHning (172 240 so‘m hisobida) 94 baravari miqdorida jarima (16 190 560 so‘m) to‘lab, ozodlikka chiqqandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Murod Xonto‘rayevni shifoxonadan olib ketishdi (video)