19:43 / 02.12.2018
5 345

"Achchiq-chuchuk" qimmatga tushmoqda – bodring narxi bir oyda 2 baravar, pomidorniki esa 1,5 baravar oshgan

"Achchiq-chuchuk" qimmatga tushmoqda – bodring narxi bir oyda 2 baravar, pomidorniki esa 1,5 baravar oshgan
Joriy yilning noyabr oyida meva-sabzavotlar orasida narxi eng ko‘p oshgani bodring va pomidor bo‘ldi. Bodring narxi 2,3 baravar oshgan bo‘lsa, pomidor 1,5 baravar qimmatlagan. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlari shundan dalolat beradi.

Meva-sabzavotlar narxining bir oy ichida keskin oshishiga yig‘im-terim mavsumining yakunlanishi asosiy omil bo‘lgan. "Biroq 2018 yilning noyabr oyidagi bodring narxi uning 2017 yilning dekabridagi narxidan 31,6 foiz, pomidor narxi esa 34,3 foiz arzonroqdir", – deya ta’kidlanadi ma’lumotda.

Meva va sabzavotlar umumiy narxi noyabr oyida o‘rtacha 6,5 foiz oshgan. Joriy yilning aprel oyida meva-sabzavotlar narxi bir oyda 19,5 foiz oshgan, avgust oyida esa narxlar 20,5 foiz arzonlashgan edi.

Umuman, noyabr oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlari 2,3 foiz oshgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » "Achchiq-chuchuk" qimmatga tushmoqda – bodring narxi bir oyda 2 baravar, pomidorniki esa 1,5 baravar oshgan