1 dekabr kuni Buxoro viloyatida joylashgan «Delta Avtogaz» MChJga qarashli AGTKSda yong‘in sodir bo‘ldi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 1 dekabr kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Panob MFY Panob qishlog‘ida joylashgan «Delta Avtogaz» MChJga qarashli AGTKS (avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyasi)da yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in gaz quvurining texnik nosozligi natijasida sizib chiqib ketgan gaz sababli sodir bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida, 5ta kalonkalar, Damas, Matiz va Neksiya rusumli 3ta avtomobillar zararlangan. Yong‘inni o‘chirishga 5ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi